Panama bitkoinni rasmiy toʻlov vositasiga aylantiradigan qonun loyihasini tayyorladi. Loyiha Salvador kriptovalyutani rasmiylashtirganidan bir kun oʻtib kun muhokamasiga koʻtarildi.

Qonun loyihasini panamalik kongressmen Gabriel Silva tayyorlagan. Uning aytishicha, bunday qonunning kiritilishi sarmoyalarni jalb qiladi, yangi ish oʻrinlari yaratadi va hukumat shaffofligini oshiradi.

Bu bilan Panama kriptovalyuta qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan dunyodagi ikkinchi mamlakatga aylanishi mumkin.

Avvalroq Salvadorda bitkoinlar rasmiy toʻlov vositasiga aylangan edi. Buning ortidan mamlakatdagi Starbucks va McDonaldʼs tarmoqlari bitkoinni toʻlov vositasi sifatida qabul qilishni boshladi.