Xabaringiz bor, Savlador bitkoinlarni rasmiy valyuta sifatida eʼlon qilgandi. Bugungi xabarlarga koʻra, mamlakatdagi Pizza Hut va Starbucks restoranlar tarmogʻi kriptovalyutani toʻlov sifatida qabul qila boshladi.

Bloomberg-ning yozishicha, seshanba kunidan boshlab McDonaldʼs ham bitkoin toʻlovlarini qabul qila boshladi.

Salvadordagi mazkur holat yangi toʻlov vositasiga koʻnikish hosil qilishga undamoqda. Biroq koʻplab mahalliy aholi valyuta islohotidan noroziligini yashirmayapti.

Prezident Bukele esa boshqacha fikrda. Uningcha, valyuta islohoti mamlakat iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqishga koʻmaklashadi.