23−24-sentyabr kunlari Qarshi yoshlari uchun IT Park tomonidan tashkil etilayotgan Ideaton o‘tkaziladi.

Ideaton — bu kelgusida shaxsiy texnologik biznesni yaratish maqsadida bir-ikki kun ichida gʻoyani ishlab chiqish va uni minimal hayotiy mahsulotga rivojlantirishga imkon beruvchi tadbir.

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ideatonda barcha 16 yoshdan oshganlar qatnashishi mumkin:

  • sun’iy idrok
  • tibbiyot
  • energetika
  • agrar (qishloq xo‘jaligi)
  • qurilish
  • taʼlim
  • ijtimoiy himoya
  • aholi bandligi

Tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting.