Xiaomi ayrim mamlakatlardagi smartfonlardan foydalanishni cheklab qoʻydi.

Kompaniya smartfonlari Kuba, Suriya, Shimoliy Koreya hamda Rossiya tarkibiga qoʻshilgan Qrimda ishlashdan toʻxtagan.

Mobil telefonlarning ishlamay qolishi sentyabr boshlarida qayd etilgan, oʻtgan haftada esa bu holat juda koʻpchilikda kuzatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, smartfon sotib olinganidan ikki kun oʻtgach smartfon ekranida Xiaomi siyosati bu hududlarda kompaniya mahsulotlari sotilishiga yoʻl qoʻymasligi haqidagi yozuv paydo boʻladi.

Aytishlaricha, boshqa mamlakat yoki hududda sotib olib aktivatsiya qilingan smartfonlarda bu holat kuzatilmagan.