IT Park, TATU Urganch filiali bilan birgalikda, startap g‘oyasi bo‘lgan barcha istaganlar uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariniishga tushiradi.

Dastur mutlaqo bepul va 2 oy davom etadi, shu vaqt ichida siz o‘z g‘oyangizni rivojlantirish va uni muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • mentor yordami;
  • tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislardan seminarlar;
  • tanlovlar;
  • potensial investorlar uchun taqdimotga tayyorgarlik.

Ro‘yxatdan o‘tishning boshlanish sanasi: 15-sentyabr.️ Ro‘yxatdan o‘tishning yakunlanish sanasi: 28-sentyabr

Inkubatsiya dasturiga ro‘yxatdan o‘tish.