Vengriya Oʻzbekistoning Samarqand, Toshkent va Buxoro kabi yirik shaharlariga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatining xabar bermoqda.

Vengriya tashqi ishlar vaziri Budapeshtdan Oʻzbekistonning Samarqand, Toshkent va Buxoro kabi yirik shaharlariga toʻgʻridan toʻgʻri reyslarni amalga oshirilishiga katta qiziqish bildirgan. Shu bilan birga, Oʻzbekiston aeroportlarida xizmat koʻrsatish shartlarini taʼminlash va aviaqatnovlarga oid bitim imzolanishi kutilmoqda.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston tomoni yaqin vaqt ichida Vengriya aviatashuvchisiga ushbu reysni ishga tushirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish va uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Maʼlumotlarga koʻra, parvozlar Wizz Air aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Spot “Toshkent — Kiyev — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar tiklanishi haqida xabar bergan edi.