Tesla oʻzining sobiq xodimiga qarshi sud ishida yutqazdi va unga kompensatsiya sifatida $137 mln toʻlaydigan boʻldi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Kompaniya Frimont shahridagi zavodida irqiy kamsitishlarga koʻz yumib kelgan.

2015-yilda ishga olingan Ouen Dias sud tomonidan dushmanona muhitda qolgan deb hisoblandi. Dias hamkasblari uni va boshqa qora tanli ishchilarni tahqirlab kelganidan shikoyat qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, ularga “Afrikaga qaytib ketish"ni aytishgan va ish joyida turli irqiy kamsitishlar aks etgan suratlarni chizib qoldirishgan.

Buning ortidan Tesla $130 mln jarima va maʼnaviy zarar uchun $6,9 mln toʻlaydigan boʻldi.

Bu vaziyat birinchi marta emas. Avvalroq ham Tesla irqchilik sabab sobiq xodimga $1 mln tovon toʻlashiga toʻgʻri kelgandi.