Xabaringiz bor, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar almashinuv marosimi boʻlib oʻtdi.

Xususan, Viza jarayonlarini soddalashtirish toʻgʻrisida Bitim, Fuqarolarning oʻzaro qatnovlari toʻgʻrisida Bayonnoma, ikki davlatning adliya vazirliklari va fan akademiyalari oʻrtasida Memorandum imzolandi:

  • 2024-yilgacha madaniy-gumanitar sohada hamkorlik Dasturi;
  • Chegaraoldi savdo markazi hamda tovar ayirboshlash hajmini oshirish toʻgʻrisida Bitimlar, investitsiyaviy hamkorlik va oʻzaro tovar yetkazib berish toʻgʻrisidagi hamda Metrologiya sohasidagi Memorandum;
  • Statistika va bandlik sohasidagi Memorandum;
  • Tranzit tashuvlar sohasida va temir yoʻl administratsiyalari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisida Memorandum;
  • Axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum, Gurlan-Toshhovuz oʻtkazish punktlarini ishga tushirish boʻyicha Bayonnoma;
  • Bojxona ma’lumotlarini almashish toʻgʻrisida Bayonnoma;

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Qoʻshma bayonotni ham imzolashdi.