2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida elektron shaklda hisobga qoʻyishi belgilandi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi tartibga koʻra shartnomalarini ushbu dastur orqali hisobga qoʻymaslik soliq xavfining yuqori mezoni sifatida baholanadi va QQS guvohnomasi vaqtinchalik toʻxtatilishi yoki QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun arizasi rad etilishiga sabab boʻladi.

Shuningdek, Soliq qoʻmitasi koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish interaktiv xizmati — E-ijara dasturi sinovdan oʻtkazilayotganini eslatib oʻtgan. Dastur orqali soliq toʻlovchilar 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran tuzilgan shartnomalarni hisobga qoʻyishi mumkin.

Maʼlumot uchun, “Mening holatimni tekshirish” xizmati test jarayonidaligi sababli yuqoridagi holat yuzasidan QQS guvohnomasi bekor qilinmaydi yoki vaqtincha toʻxtatilmaydi.