“UzAuto Motors” kuz mavsumida avtomobillardan foydalanish bo’yicha maslahat berdi.

Gabarit chiroqlar va faralarni tekshiring

Kun oldingilariga qaraganda qisqaroq bo’lib boraveradi va siz ishga borguningizcha ham ishdan qaytguningizcha ham qorong’u bo’ladi. Kun yorishganda hamda qorong’uda avtomobilni boshqarishga tayyor ekanligingizcha ishonch hosil qiling. Bitta lampochka kuygan bo’lsa ham, uni almashtirish uchun vaqt ajrating.

Avtomobilingizni tozalang

Avtomobilingiz oynalarini tozalang. Kuzning salqin kechalaridan labovoy oynada qirov paydo bo’lishi mumkin. Avtomobilingiz oynalarini tozalang. Yo’lga chiqishdan oldin yo’lning yaxshi ko’rinishiga ishonch hosil qiling.

Ho’l barglardan ehtiyor bo’ling

To’kilgan barglar yo’lda xavflarni keltirib chiqarishi mumkin. Ho’l barglar muz kabi sirpanchiq bo’ladi. Yo’lda ho’l barglarda tormoz berishdan qoching. To’kilgan barglar yo’l chiziqlari hamda chuqurliklarni shuningdek notekisliklarni berkitadi.

Tumandan saqlaning

Tuman yo’l belgilari, svetofor va sizga qarama-qarshi kelayotgan transport vositasini ko’rishingizga xalaqit qiladi. Tuman real masofani ko’rishni xiralashtirishi mumkin

Muhim: tumanda harakatlanishning boshqa ishtirokchilari sizning avtomobilingiz chiroqlarini ko’rishi kerak. Gabarit chiroqlar va tuman chiroqlarini yoqishni unutmang. O’zingiz va boshqa harakat ishtirokchilari orasida masofani saqlang.