Ilon Mask kompaniyaning yillik yigʻilishida Tesla shtab-kvartirasi Kaliforniyaning Palo-Alto shahridan Texasning Ostin shahriga koʻchishini eʼlon qildi, deya xabar bermoqda CNBC.

Koʻchishga qaramay, Tesla Kaliforniyadagi Fremont zavodi va Nevada shtatidagi “Gigafactory"da ishlab chiqarishni 50% ga oshirishni rejalashtirmoqda.

Xodimlar uchun Kremniy vodiysidan uy-joy sotib olish va ishlash uchun uzoqdan qatnash juda mushkul, — dedi Ilon Mask.

Mask dekabr oyida Kaliforniyadan Texasga koʻchib oʻtdi, u yerda SpaceX uchun zavod qurilishi va rivojlanishiga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, yana bir sabab — Texasda shaxsiy daromad soligʻi yoʻq. Kaliforniyada esa bu masalada vaziyat qiyinroq, deya xabar beradi gazeta.

Maʼlumot uchun, 2020-yil may oyida Ilon Mask shtab-kvartirasini Texasga koʻchirish bilan Kaliforniya hukumatiga tahdid qilgandi. Bunga sabab esa oʻshanda rasmiylar Covid-19 pandemiyasi tufayli zavod ishini cheklab qoʻygan.

Avvalroq Spot irqchilik sabab Tesla $137 mln jarimaga tortilganligi haqida yozgan edi.