“O‘zbekneftgaz” AJ hamda “Sintez OKA” kompaniyasi mutaxassislari o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Muborak gazni qayta ishlash zavodida gazni merkaptanli birikmalardan tozalash loyihasi doirasida “Sintez OKA” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarini texnik sinovdan o‘tkazish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, kelajakda “Sintez OKA” kompaniyasi bilan “O‘zbekneftgaz” AJ tarmoq korxonalari ehtiyoji uchun yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni (dietilenamin va metildietilenamin) respublika hududida ishlab chiqarishni tashkil etilishi rejalashtirib olindi.