Instagram bosqichma-bosqich yangilanishlar joriy etib boradi. 19-oktyabrdan eʼtiboran ilovada Collabs funksiyasi paydo boʻladi. U ikki foydalanuvchiga bir vaqtning oʻzida qoʻshma post eʼlon qilish imkonini beradi. Bunday qoʻshma postlarga bosilgan layklar va bitilgan sharhlar ham umumiy boʻladi.

20-oktyabr kuni Instagram notijorat tashkilotlar uchun mablagʻ yigʻish imkoniyatini taqdim etuvchi funksiyani ishga tushiradi.

21-oktyabrdan boshlab esa butun jahon boʻylab foydalanuvchilar fotosuratlarni, shuningdek, davomiyligi bir daqiqadan oshmaydigan videotasvirlarni desktopdan yuklashlari mumkin boʻladi. Instagram bu funksiyani iyun oyida sinovdan oʻtkazgan edi.

Shuningdek, 21-oktyabrda mazkur ijtimoiy tarmoqda Reelsʼda qoʻshiqlarning 3D matnlari kabi yangi funksiyalar paydo boʻladi.