2021-yilda biznes-ombudsmanga murojaat qilgan tadbirkorlar soni ikki barobarga koʻpaydi. Qayd etilishicha, tadbirkorlarning 5 mingdan ortiq murojaatlari oʻrganilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga qaraganda ikki barobarga koʻp.

Koʻrib chiqilgan murojaatlarning deyarli 3 mingtasi qanoatlantirildi, qolganlari yuzasidan tushuntirish berildi.

Biznes-ombudsman tomonidan 2021-yilning 9 oyida tadbirkorlar manfaatida sudlarga 28 mlrd soʻmlik daʼvo arizalar kiritildi. Joriy yil maʼmuriy javobgarlikka tortilganlar soni keskin koʻpaygan va oʻtgan yilga nisbatan 740 nafarga oshgan.

Biznes-ombudsmanga eng koʻp kelib tushgan murojaatlar soni Toshkent shahri (643), Toshkent viloyati (583) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasiga (540) toʻgʻri kelgan. Sohalar kesimida yer masalasi (1179) va kredit ajratilishi (1119) tadbirkorlarni eng qiynayotgan muammolar sifatida qayd etildi.

Avvalroq Spot jismoniy shaxslarning muammoli kreditlari hajmi yil boshidan buyon 5,4 barobar oshganligi haqida yozgan edi.