Daimler oʻzining Renault-dagi ulushini $362 millionga sotdi. Kompaniyalar aksiyadorlik aloqalaridan xalos boʻlishni istaydi, deb yozadi Blomberg.

Daimler Nissan kompaniyasining faqatgina 3,1% ulushini saqlab qoladi. 2021-yilning mart oyida Renault Daimler-dagi oʻz ulushlarini €1,15 milliardga sotdi, may oyida esa xuddi shu miqdorga Daimler-dagi barcha ulushini Nissan-ga sotdi.

Renault, Nissan va Daimler hamkorlikni 2010-yilda boshlagan. Shu bilan birga, kompaniyalar aksiyalarini almashtirdilar. Renault va Nissan Daimler aksiyalarining 3,1%ini teng taqsimlashdi.

Avvalroq Spot Renault-ning Oʻzbekiston avtomobil bozoriga kirib kelayotgani va avtomobillarining narxlari haqida yozgan edi.