Markaziy bank “QIWI Uzbekistan” elektron pul tizimini roʻyxatdan oʻtkazdi.

Tizim PaySys toʻlov tizimiga ega boʻlgan “Payment Aggregation Systems” tomonidan boshqariladi. Kompaniya 2020-yil iyul oyida Markaziy bankdan toʻlov tashkiloti litsenziyasini olgan.

“QIWI Uzbekistan” Oʻzbekistondagi sakkizinchi elektron pul tizimiga aylandi. Reyestrga koʻra, elektron pul muomalasi boʻyicha ishlar 1-noyabrdan boshlangan.

Elektron pul emitenti Kapitalbank hisoblanadi. Bungacha u 2020-yil noyabr oyida Wooppay va shu yilning iyul oyida Interpay uchun xuddi shunday rolni oʻynagan. Oktyabr oyida bank A-pay tizimini ishga tushirishda ham ishtirok etdi.

“QIWI Uzbekistan” bu Kapitalbank ishtirokidagi toʻrtinchi tizimdir. Shunday qilib, bank Apelsin raqamli filiali orqali Oʻzbekistondagi barcha elektron pul tizimlarining yarmining hamkori hisoblanadi.