Haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmati vaqtinchalik ko‘rsatilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi elektron tizimida texnik-profilaktik tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmati vaqtinchalik ko‘rsatilmaydi.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qo‘shimcha xabar beriladi.