Hukumat qarori (707-son, 22.11.2021 y.) bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin.

Ilgari 1−3 nafar edi.

Nizomga muvofiq, YATT bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi.

YATT xodimni yollashda yozma mehnat shartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.

YATT xodimini soliqda hisobga qo‘yish uchun arizani shartnoma tuzgan vaqtdan 3 ish kunidan kechikmay soliq organiga beradi.

Soliq organi 1 ish kunida xodimning hisobga qo‘yilganligiga oid kartochkani taqdim qiladi. YATTlar xodim uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘laydi.

YATT faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatilsa soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanishi to‘xtatiladi.