Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida “Toshkent conch cement” MChJ tomonidan sement ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha asosida qurilayotgan sement ishlab chiqarish zavodi qurilishi uchun 34,2 gektar yer maydoni ajratilgan. Loyihaning umumiy qiymati $200 mln ni tashkil etadi. Bu yerda 400 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Korxona yiliga 2,5 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega. Tashabbuskorning xorijiy hamkori Xitoy davlatining “Anhui Conch Group Co.Ltd” korxonasi tomonidan $16,7 mln miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etildi.

40 dan ortiq maxsus texnikalar va asbob-uskunalar olib kelindi. Korxonani 2023-yilning birinchi yarim yilligida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Xorijiy hamkor — “CONCH” korporatsiyasining 500 dan ortiq shoʻba korxonalari mavjud boʻlib, xususan, Indoneziya, Laos, Myanma, Kambodja va Oʻzbekiston kabi 20 ta xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib boradi.