“ATTO” kompaniyasi Toshkent transport boshqarmasi bilan birgalikda yoʻnalishli taksilarda transport kartalari va bank kartalari (Uzcard kobeydj, Humo, Humans, Visa, Mastercard, Мir, China Union Pay) orqali yoʻl haqi uchun toʻlov amalga oshirishni bosqichma-bosqich joriy etmoqda.

Hozirgi paytda 27m, 34m, 68m, 52m, 110m, 135m yoʻnalishli taksilarda ATTO avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi orqali toʻlovlarni qabul qilish imkoniyati joriy qilingan boʻlib, tez orada 63m, 171m, 11m, 92m, 111m, 191m, 31m, 11i, 19i, 18m, 166m, 41m sonli yoʻnalishlarda ham ATTO orqali toʻlovlarni amalga oshirish mumkin boʻladi.

2022-yil mobaynida esa, poytaxtdagi barcha yoʻnalishli taksilarda ATTO tizimi orqali toʻlovlarni qabul qilishni joriy etish rejalashtirilgan.

Avvalroq Spot Toshkentda ekspress avtobus yoʻnalishi tashkil etilishi haqida yozgan edi.