IT Park rezidentlari soni koʻpaydi. Yangi rezidentlar orasida dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, IT-taʼlim, autsorsing, avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish va turli biznes yechimlarini taqdim etish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bor, deyiladi xabarda.

Quyidagi kompaniyalar IT-Parkning yangi rezidentlariga aylanishib, soliq imtiyozlariga ega boʻlishdi:

  • “Financial Technology Innovation Hub”,
  • “NextGen IT”,
  • “ITEG IT Academy”,
  • “ZMT Integrity”,
  • “Tanlanganlar”,
  • "WASAF Int Solutions",
  • “Uniximtek Aziya”,
  • “Algorithm Gateway”,
  • “Wooz Marketplace”,
  • “FZD Telematics”
  • “Tenzor Soft”.

IT Parkning yangi rezidentlari orasida Toshkent shahridan 7 ta IT-kompaniya va Buxoro, Samarqand va Andijon viloyatlaridan 4 ta kompaniya bor.

Shunday qilib, bugungi kunda IT Park rezidentlari soni 492 taga yetdi.