Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan 23,9 ming tonna goʻsht import qilgan.

Goʻsht importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston eng koʻp goʻsht import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Belarus — 16,2 ming tonna
  • Qozogʻiston — 3,5 ming tonna
  • Ukraina — 2,3 ming tonna
  • Rossiya — 606 tonna
  • Moldova — 600 tonna

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2021-yilning 9 oyida 1,9 mln tonna goʻsht yetishtirilgan.