Ayni vaqtda kompaniya kapitallashuvi $2,87 trln ni tashkil qilmoqda va bu mutlaq rekord hisoblanadi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, Fransiyaning 2020-yilgi yalpi ichki mahsuloti $2,6 trln ga yaqinni tashkil qilgan.

AQShdagi oxirgi birja savdolarida kompaniya aksiyalari $175,08 dan sotilgan. Apple $3 trln lik chegaradan oʻtishi uchun aksiya narxi $182,85 ga koʻtarilishi kifoya qiladi.

Bu tez kunlarda yuz berishiga shubha yoʻq, chunki joriy yilda kompaniya aksiyalari 30% ga, 2020-yilda esa 80% ga qimmatlashgan.

Avvalroq Spot Apple umumiy miqdorda 2 mlrd dona iPhone sotganligi haqida yozgan edi.