Urganch shahrining transport tizimini rivojlantirish modelini ishlab chiqish va shaharda BRT tizimini yaratish uchun 1,211 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi. Xorazm viloyati hokimi bu boradagi tegishli farmoyishni imzolagan.

BRT (Bus rapid transit — tezkor avtobus transporti yoki metrobus) anʼanaviy avtobus marshrutlariga qaraganda tezkorlik, ishonchlilik va yoʻlovchi tashish imkoniyatlari yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Mazkur mablagʻ viloyat mahalliy byudjetining 2021-yil 3-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan Urganch shahar mahalliy byudjetiga ajratiladi. Metrobuslar uchun alohida yoʻlak ajratiladi, bekatlar yopiq koʻrinishda boʻladi va chipta sotiladigan kassalar bilan taʼminlanadi.

Avvalroq Spot Toshkentda ekspress avtobus yoʻnalishi tashkil etilishi haqida yozgan edi.