Soʻnggi kunlarda benzin taqchilligi kuzatilgani sababli internet ijtimoiy tarmoqlarida tanqidiy muhokamalar boʻldi, “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning topshirigʻiga asosan, “Ishchi guruh"lari tuzilib, neft mahsulotlarining iste’molchilarga yetkazib berilishi toʻliq nazoratga olindi.

Olib borilgan ishlar natijasida avtobenzin taqchilligining oldi olinib, iste’molchilar talab va takliflariga binoan narxlarning arzonlashtirilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi.

Benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida “Oʻzbekneftgaz” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Natijada “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli AYOQShlarda bugun, 17-dekabr kunidan boshlab “AI-80” markadagi benzin 6890 soʻmdan arzonlashtirilib, har bir litri uchun 6500 soʻm narxda sotuvga chiqarildi.

Respublika hududidagi “Oʻzbekneftgaz” AJning barcha AYOQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta’minlanadi.