SpaceNewsʼning xabar berishicha, xitoyliklar 2026-yilga borib Oyga taykonavtlarni joʻnatishda foydalaniladigan raketa parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Mazkur yangi raketa kerosin va suyuq kislorodda ishlaydigan dvigatellarga ega boʻladi.

SpaceNews maʼlumotiga koʻra, u Oy orbitasiga 27 tonnagacha yukni olib chiqa oladi. Raketaning balandligi 90 metrni tashkil etadi.

Bundan avvalroq Ilon Mask karbonat angidridni raketa yoqilgʻisiga aylantirib, uni Marsdagi parvoz uchun ishlatmoqchi boʻlgandi.