Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar orasida Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda.

Rossiyadan $4,7 mlrd lik, Xitoydan esa $4,4 mlrd lik mahsulotlar import qilingan.

Shuningdek, importda yuqori ulushga ega boʻlgan qolgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozogʻiston — $2,5 mlrd;
  • Koreya — $1,6 mlrd;
  • Turkiya — $1,5 mlrd;
  • Germaniya — $614,6 mln;
  • Turkmaniston — $450,6 mln;
  • Ukraina — $420 mln;
  • Hindiston — $410,7 mln;
  • Litva — $397 mln.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi $37,9 mlrd ga teng boʻldi.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston oltin eksportini qayta tiklanganligi haqida yozgan edi.