Apple oʻzining “eng samarali” muhandislariga $50 mingdan $180 minggacha boʻlgan aksiyalar koʻrinishidagi bonuslarni berdi, deya yozmoqda Bloomberg.

Toʻlovlar mikrosxemalar, dasturiy taʼminot va texnik vositalarni loyihalashtirgan muhandislarga topshirildi. Bonuslarni muhandislarning taxminan 10−20%i olgan.

Apple toʻrt yil ichida aksiyalarni xodimlarga toʻliq topshiradi, bu orqali kompaniya ularni ushlab qolishga harakat qilmoqda.

Bloomberg-ning qoʻshimcha qilishicha, bu toʻlovlar Apple-ning muntazam maoshlarining bir qismi emas, ular orasida maoshlar, aksiyalar va naqd koʻrinishdagi bonuslar ham bor. Biroq Apple-ning oʻzi bu borada izoh berishdan bosh tortdi.

Oxirgi bir necha oy ichida Meta ilgari Apple-da ishlagan 100 ga yaqin muhandisni ishga olgan. Shu bilan birga, ayarim xodimlar ham Meta-ni tashlab, Apple-ga ishga oʻtib ketishgan.

Avvalroq Spot Apple-ning kapitallashuvi $3 trln ga yaqinlashganligi haqida yozgan edi.