2021-yil yakunlariga koʻra, davlat xaridlari boʻyicha tanlash va tender elektron tizimida qiymati 1,6 trln soʻmdan ziyod 3,6 mingta bitimlar tuzildi. Davlat xaridlari boʻyicha tanlash va tenderlarning elektron shaklda oʻtkazilishi natijasida davlat buyurtmachilari 112,1 mlrd soʻmlik mablagʻni iqtisod qilishga erishishdi, deya xabar bermoqda respublika tovar xom-ashyo birja matbuot xizmati.

Davlat xaridlari boʻyicha eng yirik bitimlar xizmat koʻrsatish (79%), taʼmirlash (16%), ijaraga berish (3%), tovar-moddiy zaxiralari (2%) kabi xarid toifalari boʻyicha tuzilgan.

Buyurtmachilar har kuni mazkur veb-saytga 40 dan ortiq lotlarni joylashtiradilar, savdolarda esa 1700 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etadilar.

Maʼlumot uchun, qonunchilikka muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlari boʻyicha eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolari majburiy tartibda elektron shaklda amalga oshiriladi.

Avvalroq Spot birja savdolarida paxta yogʻining narxi pasayganligi haqida yozgan edi.