Mechazilla minorasi Texasdagi Starbase kosmodromida joylashgan. U Starship Super Heavy-ning orbitadan qaytganidan keyin birinchi bosqichini “tutib olish” uchun moʻljallangan.

Raketa qoʻnayotganda minoradagi maxsus oʻqni ushlash uchun oʻz tezligini kamaytirishi kerak. Maskning aytishicha, kelajakda tashuvchi raketa faqat Mechazilla yordamida qaytariladi.

Maʼlumot uchun, 2021-yil mart oyida SpaceX birinchi marta Starship prototipini qoʻndirgan. U qoʻnganidan bir necha daqiqa oʻtib portlab ketgandi, biroq kompaniya hali ham sinovlarni muvaffaqiyatli deb ataydi.