Ekspress-antigen test topshirish talabi bekor qilindi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022-yil 25-yanvardan xorijiy davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilarning kamida 48 soat oldin topshirgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi boʻyicha manfiy natijali maʼlumotnoma mavjud boʻlgan taqdirda, xalqaro aeroportlar, temir yoʻl vokzallari va avtomobil (piyodalar) oʻtkazish chegara punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishlari talabi bekor qilindi.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu talab 15-yanvardan boshlab kuchga kirgandi. Biroq ushbu jarayon koʻplab fuqarolar va jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻldi.