Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda xorijdan Oʻzbekistonga qiymati $128,3 mln ga teng boʻlgan 2,7 mln tonna sement import qilingan.

Bu koʻrsatkich 2020-yil bilan solishtirilganda 206 ming tonnaga koʻp.

Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar quyidagicha:

  • Qozogʻiston — 1,1 mln tonna
  • Tojikiston — 816 ming tonna
  • Qirgʻiz Respublikasi — 671 ming tonna
  • Eron — 58,1 ming tonna
  • Turkmaniston — 36,3 ming tonna
  • Rossiya — 502 tonna.

Avvalroq, 2021-yilda sement narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 2,4% ga arzonlashganligi haqida yozgan edi.