Birja maʼlumotlariga koʻra, Britaniyaning “Gor Investment Ltd.” kompaniyasi va uning tuzilmalari “Asia Alliance Bank” aksiyalarining nazorat paketini xarid qildi.
“Gor Investment” — “Asia Alliance Group” bank ustav kapitalining 27,3%ini tashkil qiluvchi 204 mln dona aksiyalar paketining egasi boʻldi.
Hozirda kompaniyalarning qoʻshma ulushi 77,2%ni tashkil etadi. Yagona korporativ maʼlumotlar portaliga koʻra, Davaktiv va Oʻzbekiston Moliya vazirligi bankning affillangan shaxslari roʻyxatini tark etgan, uni “Gor Investment” va uning “vorisi” toʻldirgan.
Investorlarsiz uch yil
“КорпИнфо” maʼlumotlariga koʻra, “Asia Alliance Bank” tashkil etilgan paytdan to 2018-yilgacha “Gor Investment” uning eng yirik aksiyadori boʻlgan. Bank ustidan nazorat 2019-yil boshida davlatga oʻtdi. Bundan biroz oldin bank kengashining tarkibi oʻzgardi, unda faqat davlat xizmatchilari “oʻtirishni” boshladilar.
Koʻp oʻtmay, Markaziy bank rahbari davlatning bank sektoridagi ulushini kamaytirish maqsadida “Asia Alliance Bank” aksiyalarining bir qismini IPOga qoʻyish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Shuningdek, bankning 25% ulushini sotib olmoqchi boʻlgan investorlar qidirila boshlandi.
Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga tashrifidan soʻng bank aksiyalarining nazorat paketi “Sawada” xoldingiga $32 mln ga sotilgani haqida maʼlumot paydo boʻlgan edi.
“Asia Alliance Bank” 2020-yil may oyida qabul qilingan bank sektorini isloh qilish strategiyasiga muvofiq xususiylashtirilganlar roʻyxatiga kiritildi.
2021-yil iyul oyida bank bankni keng qamrovli transformatsiya qilish uchun “Gor Investment” aksiyalarini qaytarishni eʼlon qildi. Shu bilan birga, bank davlat banki sifatida yoki Markaziy bank statistikasida davlat ulushiga ega boʻlishdan toʻxtadi.
“Asia Alliance Bank” 2009-yilda tashkil etilgan boʻlib, keyinchalik Markaziy bankdan litsenziya olgan. 2010-yildan buyon bank “SWIFT”, “Western Union”, “Asia-Expess"ga ulangan va 2018-yilda Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib pul mablagʻlarini bir xalqaro kartadan boshqasiga oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan.