Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekiston 9 ta xorijiy davlatlarga qiymati $13,3 mln ga teng boʻlgan 786 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

Yuk avtomobillari eksporti 2020-yil bilan solishtirilganda 7 taga oshgan.

Oʻzbekiston “ogʻir” avtolarini asosan Qozogʻistonga sotgan:

  • Qozogʻiston — 569 ta
  • Qirgʻiz Respublikasi — 86 ta
  • Singapur — 71 ta
  • Afgʻoniston — 29 ta
  • Tojikiston — 10 ta
  • Ozarbayjon — 8 ta

Avvalroq Spot ayrim turdagi yuk transportlarining Toshkent shahri markaziga kirishiga cheklovlar joriy etilishi haqida yozgan edi.