SpaceX 2022-yilda sayyohlarni koinotga chiqarishni rejalashtirmoqda. Ayzekman “Polaris Dawn” kosmik dasturini ishga tushirish uchun professional boʻlmagan astronavtlar ekipaji bilan pul toʻlagan. Bu haqda u The Washington Post gazetasiga gapirib berdi.

Dastur uchtagacha parvozni oʻz ichiga oladi. Ulardan birinchisi fazoga chiqish boʻlib, u 2022-yilning toʻrtinchi choragiga moʻljallangan.

Ekipaj tarkibiga Ayzekmanning oʻzi, AQSh harbiy-havo kuchlarining sobiq uchuvchisi Skott Potit, ikki SpaceX muhandisi Sara Gillis va Anna Menon kirgan. Ular besh kun davomida orbitada Starlink aloqa va tibbiy tadqiqotlarni sinovdan oʻtkazadilar.

SpaceX kosmik yurishlar uchun skafandr ishlab chiqarayotgan bir paytda, unga qancha ekipaj aʼzosi kerak boʻlishi nomaʼlum.

Maʼlumot uchun, 2021-yilning sentyabr oyida SpaceX oʻzining birinchi fuqarolik ekipajini koinotga uchirgan edi.