Namanganlik yosh startapchilar uchun 2022-yil 23-fevral kuni “Ideaton” oʻtkaziladi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tanlov ishtirokchilari startap gʻoyasini oʻylab topishlari va uni bir kun ichida minimal hayotiy mahsulotga aylantirish uchun imkoniyat hisoblanadi.

Ideaton quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

  • sogʻliqni saqlash,
  • moliya
  • qishloq xoʻjaligi.

Tadbir Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar ziyo maskani” axborot kutubxonasi binosida boʻlib oʻtadi.

Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.