Bugun internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan Chevrolet Malibu avtomobili uchun kontraktatsiyaning toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan UzAuto Motors AJ kompaniyasi Chevrolet Malibu uchun kontraktatsiya oʻzgarmagan holda oʻsha ma’lum avvalgi narx bilan tuzilishda davom ettirilishini rasman maʼlum qildi.

Shuningdek, kompaniya OAVdan shubhali manbalarga tayanmasliklarini soʻrab o’tgan.

Avvalroq Spot Spark avtomobilining sotuvi to’xtatilishi bo’yicha ma’lumot bergan edi.

Unda aytilishicha, 7-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda General Motors 2022-yil avgust oyida Chevrolet Spark avtomobili ishlab chiqarilishini toʻxtatishi haqida xabarlar tarqalgan. Baʼzi manbalarda esa, bu xabar Oʻzbekistonda Spark avtomobili ishlab chiqarilishi toʻxtatildi deb izohlangan.

UzAuto Motors kompaniyasi ushbu xabar Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqarish rejasiga taalluqli emasligini rasman maʼlum qiladi, deyiladi bayonotda.