Rosaviatsiya 36 mamlakat samolyotlari uchun maxsus ruxsatsiz Rossiya ustidan parvoz qilishni taqiqladi. Bu haqda “RBC” xabar qildi.

Cheklov Rossiya Ukrainada maxsus amaliyot boshlaganidan soʻng Rossiya samolyotlari uchun havo kengliklari yopilishiga javoban kiritildi.

“Yevropa davlatlarining fuqarolik havo kemalari parvozini amalga oshirishga nisbatan qoʻygan taqiqiga javob chorasi sifatida 36 mamlakat aviatashuvchilarining parvozlarni amalga oshirishiga cheklov kiritildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu mamlakatlar aviatashuvchilari parvozlarni faqat Rosaviatsiya yoki Rossiya TIVning maxsus ruxsatini olganidan keyingina amalga oshirishi mumkin.

Avvalroq Yevroittifoq davlatlari, AQSh va Kanada Rossiya samolyotlari uchun havo kengliklarini yopgandi.