2022-yil 18-mart sirdaryolik yoshlar uchun Ideathon oʻtkaziladi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda.

Ideathon — kelajakda oʻz texnologik biznesingizni yaratish uchun bir kun ichida gʻoyani oʻylab topish va uni minimal hayotiy mahsulotga aylantirish imkonini beruvchi tadbir.

Ideathonda 16 yoshdan oshgan har bir xohlovchi quyidagi sohalarda ishtirok etishi mumkin:

  • tibbiyot
  • energetika
  • qishloq xoʻjaligi
  • qurilish
  • taʼlim

Tanlovda qatnashish istagidagilar 16-martgacha ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.