UzAuto Motors kompaniyasi Malibu 2 va Trackerʼdan boshqa modellar — Gentra, Cobalt, Nexia, Sparkʼning narxini 10−12%ga oshirdi:

  • Gentra 3-pozitsiya — 153 506 000 soʻm;
  • Gentra 1-pozitsiya — 128 284 000 soʻm;
  • Cobalt AT/plus — 125 795 000 soʻm;
  • Nexia-3 AT/plus — 119 921 000 soʻmdan;
  • Spark 4-pozitsiya — 104 095 000 soʻm.

Avtosalonlar 3-martdan boshlab yangi (oshgan) narxlarda shartnoma berishni boshlagan.

Kompaniyaning maʼlum qilishicha, narxlar “bozor tahlili natijalariga koʻra, shuningdek, xomashyo tannarxining oshishi, kommunal xizmatlar uchun tariflar, milliy valyutaning qadrsizlanishi va boshqa omillarni hisobga olgan holda” oshirilgan.

Avvalroq kompaniya yangilangan Chevrolet Traverse va Tahoe modellarining narxlarini eʼlon qilgandi.