Rossiya tomonidan havo hududi bir qismi yopilishi bilan bogʻliq cheklov choralarini hisobga olgan holda, “Uzbekistan Airways” joriy yil 3-martidan 26-martigacha Oʻzbekiston — Sochi — Oʻzbekiston yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar joriy etilganini maʼlum qildi.

Qoʻshimcha reyslar kiritilganidan kelib chiqib, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qatnovi toʻxtatilgan:

  • HY3687/3688 va HY9687/9688 Toshkent — Krasnodar — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha;
  • HY9647/9648 Toshkent — Rostov-Don — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha;
  • HY9825/9826 Namangan — Krasnodar — Namangan yoʻnalishi boʻyicha parvozlar.

Yoʻlovchilar aeroportlarga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishi kerak. Shuningdek, Krasnodar va Rostov-Don shaharlariga/shaharlaridan avval bekor boʻlgan parvozlar yoʻlovchilari aviachiptalari toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki 2022-yil 3-martdan boshlab har qanday boʻsh sanaga bepul qayta bronlash huquqi mavjud.