Oʻzbekiston banklari 7-mart, dushanba kuni dollar kursini oshirdi.

Ularning aksariyatida Amerika valyutasi 10 960 soʻmdan, ayrimlarida 10 965 soʻmdan sotilmoqda. Sotib olish kursi 10 855 soʻmdan 10 900 soʻmgachani tashkil etadi.

Dollarni eng arzon taklif bilan “Kapitalbank” va “Asakabank” sotmoqda — 10 940 soʻm. Eng maqbul xarid kursi “Turonbank”, “Trastbank” va “Asia Alliance Bank” tomonidan taklif etilgan — 10 900 soʻm.

4-mart kuni Markaziy bank dollar kursini 10910 soʻm 43 tiyin etib belgiladi, bu esa yangi rekorddir. Shu bilan birga, banklararo kurs birinchi marta 10 950 soʻmga koʻtarildi.

Rossiya rubli esa oʻtgan haftadagi qulashdan keyin biroz mustahkamlandi — Markaziy bank kursi hozirda 99 soʻmga yetdi. Aksariyat banklar hozir rublni 120 soʻmdan sotmoqda, 80 soʻmdan xarid qilmoqda.