“Uzbekistan Airways” matbuot xizmatining xabar berishicha, 2022-yil 13 va 20-martda Toshkent — Yekaterinburg — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlarni amalga oshiriladi.

  • Toshkentdan uchish: 19:00 (Toshkent vaqti bilan)
  • Yekaterinburgga yetib borish: 22:00 (Yekaterinburg vaqti bilan)
  • Yekaterinburgdan uchish: 23:40 (Yekaterinburg vaqti bilan)
  • Toshkentga yetib borish: 02:30 (Toshkent vaqti bilan)

Toshkent — Yekaterinburg yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi 2 593 810 soʻm (bagajsiz) va 2 966 363 soʻmdan (bagaj bilan), Yekaterinburg — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha esa 25 429 rubl (bagajsiz) va 29 409 rubldan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 05.03.2022 holatiga koʻra amal qiladi.

Avvalroq Spot “Aэрофлот” barcha xalqaro qatnovlarni bekor qilganligi haqida yozgan edi.