Joriy yilning 15-martidan boshlab Tojikiston — Oʻzbekiston davlat chegarasidagi nazorat-oʻtkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga oʻtkaziladi.

Maʼlum qilinishicha, yuqumli kasalliklar nazorati faqat COVID-19 infeksiyasiga qarshi toʻliq emlanganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish asosida, yaʼni Tojikiston hududida koronavirus infeksiyasi boʻyicha virusologik tekshiruvsiz amalga oshiriladi.

Respublika shtabi tomonidan qabul qilingan qarorga koʻra, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash organlari va muassasalari, shuningdek, MDHning boshqa davlatlari tomonidan COVID-19 ga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar rasman tan olinadi.

Mavzuga doir: Emlanganlikni tasdiqlovchi elektron sertifikatni qanday olish mumkin