Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi bir qator mamlakatlarga parvoz uchun chiptalarsotishni boshladi. Ular orasida O’zbekiston ham bor.

Kompaniyaning axborot xizmatida xabar berilishicha Sochidan Turkiyaning Istanbul, Bodrum va Dalaman, Qozogʻiston (Olma-Ota, Nur-Sulton, Atirau, Aktau va Aqtoʻbe) va Oʻzbekiston (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Urganch) shaharlariga ham borish mumkin boʻladi.

Armaniston poytaxti Yerevanga, Misr Qohirasiga va Isroilning Tel-Aviv aeroportiga ham parvozlar rejalashtirilgan.

Ko’pincha Rossiya Sochidan Istanbulga haftasiga 19 marta uchadi. Antaliyaga yana 14 ta reys amalga oshiriladi. Atirau, Urganch va Dalamanga reyslar eng kam rejalashtirilgan — haftasiga ikki marta.

Parvoz dasturi Moskva, Sankt-Peterburg yoki Krasnoyarskdan Sochi orqali tranzit yo’l bilan xorijga ketayotgan yo‘lovchilarga qaratilgan.

Ma’lumot uchun: Rossiyaning Ukarinadagi maxsus operatsiyasi ortidan Rossiya hukumati barcha xalqaro reyslarni bekor qilgan edi.