Toshkent — Dehli — Toshkent xalqaro yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar soni oshirilmoqda, bu haqida “Uzbekistan Airways” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda aviaqatnovlar seshanba va juma kunlari muntazam amalga oshirilmoqda.

Aviakompaniya xabariga koʻra, 17-apreldan boshlab parvozlar yakshanba kunlari, 4-maydan esa chorshanba kunlari ham amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.

Bundan avval Uzbekistan Airways Namangan — Olmaota yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyishi xabar berilgandi.