2022-yil 11-aprel kuni ITWomen.Uz loyihasining uchinchi toʻlqini boʻlib oʻtadi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda.

Loyiha ayollarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi — IT sohasida ayollar va qizlarni oʻqitish va ish bilan taʼminlashdan iborat.

Loyihaning uchinchi toʻlqini kompyuter savodxonligi boʻyicha oʻquv kurslaridan iborat boʻlib, 11-apreldan 28-aprelga qadar 2 hafta davom etadi. Mashgʻulotlar Respublikaning barcha IT-Markazlarida haftasiga 3 marta oʻtkaziladi (bugungi kunga qadar Oʻzbekiston boʻylab 205 ta IT-Markazlar faol ishlamoqda).

Eslatib oʻtamiz, loyihaning birinchi bosqichida 2000 dan ortiq xotin-qizlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda oʻqish imkoniyatiga ega boʻldi:

  • kompyuter savodxonligi,
  • mobil ilovalar
  • veb-saytlar dasturlash
  • veb-dizayn
  • psixologik tayyorgarlik.

Bogʻlanish va batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.