Prezident raisligidagi oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish va koʻlamini kengaytirish masalasi ham muhokama etildi.

Xususan, davlat xizmatlari tizimini raqamlashtirish orqali mahalla va tumanda qanday oʻzgarishlar boʻlishi koʻrib chiqildi.

Aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 1-iyuldan boshlab:

  • 38 turdagi davlat xizmatlari uchun elektron imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilinib, mobil telefon orqali amalga oshiriladi (bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish, bogʻchaga qabul qilish va hokazo);
  • 6 turdagi litsenziya olish uchun talablar bekor qilinadi;
  • aholi va tadbirkorlar uchun 8 dan ortiq davlat xizmati boʻyicha elektron xabardor qilish tizimi joriy etiladi;
  • aholi va tadbirkorlardan kommunal tashkilotlarning 32 turdagi hujjat va maʼlumotnomalarini talab qilish bekor qilinadi;
  • ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish toʻlovlaridan ozod etiladi (135 ming soʻm).

Shuningdek, davlat rahbari kelgusi yil yakuniga qadar markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sonini hozirgi 172 tadan 300 taga, mobil ilova orqali koʻrsatiladiganlarini 60 tadan 250 taga yetkazish vazifasini qoʻydi.