Qashqadaryolik yoshlar uchun 28 va 29-aprel kunlari IT Park va viloyat OTMlari hamkorligida “Hack4Region” xakatoni tashkil etiladi.

Xakaton ishtirokchilariga jamiyatdagi muayyan muammoni hal qiluvchi loyiha ishlab chiqish, uni jamoatchilik va hakamlar hayʼati eʼtiboriga taqdim etish uchun 2 kun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar mustaqil ravishda ham yoki 3 kishigacha boʻlgan jamoa bilan ishtirok etishi mumkin. Muvaffaqiyatli startap-loyihalar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadilar.

Roʻyxatdan oʻtish 25-aprel soat 15:00 gacha davom etadi.