Uzbekistan Airways matbuot xizmatining xabar berishicha, 2022-yil 5-maydan boshlab Termiz — Sankt-Peterburg — Termiz xalqaro yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklamonqda. Parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi.

  • Termizdan uchish: 08:55 (Toshkent vaqti bilan)
  • Sankt-Peterburgga yetib borish: 12:20 (Moskva vaqti bilan)
  • Sankt-Peterburgdan uchish: 13:50 (Moskva vaqti bilan)
  • Termizga yetib kelish: 21:00 (Toshkent vaqti bilan)

Termiz — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 961 814 so‘mdan (bagajsiz) va 2 160 354 so‘mdan (bagaj bilan)

Termiz — Sankt-Peterburg — Termiz yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 698 660 so‘mdan (bagajsiz) va 4 095 738 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 08.04.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Xabarda aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligi eslatilgan.